«Red Bull» bazasidan 60 dan oshiq sovrinni tunab ketishdi

«Formula-1» poygalarida ishtirok etib kelayotgan «Red Bull» klubining Milton-Keynsedagi bazasidan 60 dan ziyod sovrinni o‘g‘irlab ketishdi. Polisiyaning xabariga ko‘ra, jinoyat tungi soat 1:30da sodir etilgan.
Ikkita yengil mashinada olti kishi «Red Bull» bazasiga bostirib kirgan bu jamoa tashkil etilganidan beri saqlanib kelinayotgan kubok va boshqa sovrinlarni o‘g‘rilab ketgan. «Red Bull» rahbari Kristian Xornerning aytishicha, olib ketilgan sovrinlar soni 60 dan ziyod bo‘lgan.
Manba: Olamsport.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing