O‘zbekiston futbol federatsiyasiga yangi rahbar saylangach, u rivojlanishning uzoq yillik dasturini ishlab chiqdi. Xo‘sh, barcha muammolari ochiq-oydin ko‘rinib turgan futbolimizdagi muammolarni bartaraf etish uchun uzoq yillik dastur kerakmi?
BARChASI NOLDAN BOShLANADI
Albatta, garchi Mirabror Zufarovich “Men kelganimda poydevor yo‘q edi”, deya omadsizligini oqlagan bo‘lsa-da, u ketayotganida ham o‘zbek futbolining poydevori deyarli yo‘q edi.
Ayniqsa, terma jamoaning ahvoli anchagina nochorlashib qoldi. Bu shuni anglatadiki, akademiyalarning ahamiyati terma jamoa uchun nol qiymatiga teng bo‘lib ulgurgan.
Bu shuni anglatadiki, o‘zbek futbolining boshi va ildizini bog‘lash uchun barchasini noldan boshlash kerak. Akademiyalarning saviyasi, darajasi va ahamiyatini qaytarish lozim.
DOLZARB MUAMMOLAR TALAYGINA
Asosiy muammolardan biri futbolning tepasiga futbolni tushunadigan rahbarlarni qo‘yish kerak. Bunda asosiy e’tiborni tashkilotchiligiga yoki uddaburonligiga emas, futbolni tushunishiga qaratish lozim.
Chunki bitta tashkilotchi, uddaburon, ammo futbolni tushunmaydigan insonning karomatini ko‘rdik. Temir yo‘l sohasida ko‘plab yutuqqa erishgan odamni “Bu uddaburon, ko‘p narsani eplaydi”, deb futbol sohasiga tiqishtirib qo‘yish bema’nilik ekanligini hamma biladi. Futboldagi islohotlarda ham shunga amal qilish lozim.
YoShLARGA IMKON BERISh KERAK
Albatta, bugungi kunda futbolni tushunadigan yosh mutaxassislar juda ko‘p. Shularga ko‘proq imkon berish kerak. Yoshi katta, hatto pensiya yoshidan ham ancha o‘tib ketgan kadrlarga dam berib, ularning ishini yoshlarga topshirish lozim, nazarimizda! Ana shunda ish tartibi tezlashadi, zamonaviylashadi. Faqat bunda pulni, jig‘ildonini emas, ishini yaxshi ko‘radigan kadr tanlash kerak.
XORIJLIK MUTAXASSISNI ChAQIRING!
Yana o‘sha masala — terma jamoaga xorijlik mutaxassisni jalb qilish. Bu — davr talabi. O‘zbek futboliga Yevropa nafasi kirib kelishi uchun xorijlik mutaxassisni jalb qilish lozimdir. Ana shunda sekin-asta rivojlanish boshlanadi.
(davomi bor)
Manba: www.mazmun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!