Avgustning so‘nggi kuni va sentyabr boshida JCh-2018 saralashining 2ta tur o‘yinlari o‘tkazilganini inobatga olsak, FIFA reytingida keskin o‘zgarishlar bo‘lishi kutilgan holat edi.
Mana, 14 sentyabr kuni e’lon qilingan ro‘yxatda Germaniya milliy jamoasi 1-o‘ringa ko‘tarildi. Xullas, nemislar Braziliya termasini pastga tushirib yuborishdi.
Biz uchun biroz alam qiladigan tomoni, yaqin-yaqindagina futboli ko‘zga tashlana boshlagan orol davlat - Kabo-Verde milliy jamoasi umumiy reytingda bizdan 2 pog‘ona yuqoriga joylashdi.
Vaholanki, AFKning ushbu a’zosi o‘tgan oy atigi 114-o‘rin (!)da edi...
O‘zbekiston milliy jamoasi oxirgi 1 oy davomida 5 pog‘ona pastladi. Yo‘qotish darajasi 68,35 ballga tengligi haqiqiy holatimizni ko‘rsatib beryapti, shekilli. Ha, bizning natijamiz yaxshi emas, ammo Avstraliya termasiniki yanada yomonroq.
JCh-2018 saralashi yo‘lidagi bittagina mag‘lubiyat «sokkeruz»ni reytingda 50-o‘ringa tushirib qo‘ydi. OFK yetakchisi - Eron termasi esa 24-qatordan bir pog‘ona pastga surildi.
Chunonchi, forslar oxirgi 2ta o‘yinda durang qayd etishdi va buning oqibatida umumiy hisobda 28 ochko yo‘qotishdi. Aytgancha, Eron milliy jamoasi 2015 yil avgust oyi reytingida 15-o‘rindan joy olib, o‘zining rekord ko‘rsatkichini qayd etgandi.
Oy yakunlariga ko‘ra, qit’amizda o‘rinlar bo‘yicha eng yaxshi o‘sishga Yaman (Q18 pog‘ona), Xitoy (Q15 pog‘ona) va Iroq (Q14 pog‘ona) jamoalari erishdi.
Ochkolar hisobida olsak ham aynan shu 3ta jamoa ko‘rsatkichi baland, faqat ketma-ketlik boshqacharoq: Xitoy, Iroq, Yaman. KXDR, Maldiv va Hindiston termalari o‘rinlar bo‘yicha eng shiddatli qulashga yuz tutgan bo‘lsa, ochko yo‘qotishda O‘zbekiston, Maldiv orollari va Quvayt jamoalari oldinda.
JCh-2018 saralashi so‘nggi bosqichi «A» guruhi vakillarining reytingdagi mavqei quyidagicha o‘zgardi:
Eron: -1 o‘rin, -28 ochko
J.Koreya: -2 o‘rin, -25 ochko
Suriya: Q5 o‘rin, +42 ochko
O‘zbekiston: -5 o‘rin, -68 ochko
Xitoy: Q15 o‘rin, +117 ochko
Qatar: -7 o‘rin, -27 ochko
FIFA reytingida esa eng katta o‘sish (ochkolar bo‘yicha) kutilmaganda, Kabo-Verde termasi tomonidan qayd etildi. Qolaversa, ushbu orol mamlakat milliy jamoasi yaqin orada 67-o‘rindan ham yuqorilashi mumkin.
Orolliklar oxirgi 2ta o‘yinda JAR termasini bir xil - 2:1 ko‘rinishida yengish asnosida o‘z hisoblarini 264 reyting ochkosi bilan to‘ldirishdi. JAR jamoasi aksincha, naq 112 ochko yo‘qotdi.
Shundan xulosa chiqarsak, bu 2ta o‘yin 376 ochkolik ta’sir kuchiga ega bo‘lgan! Safarda Fransiya termasidan ochko olgan (0:0) Lyuksemburg jamoasi esa 101-o‘rinni band etdi.
Ushbu terma 1996 yil aprelda 93-o‘ringa ko‘tarilgan va bu uning tarixdagi eng yaxshi ko‘rsatkichdir.
Demak, lyuksemburgliklarda oldingi intilish uchun motivatsiya bor. E’tiborli tomoni, gersoglik jamoasi joriy yil may oyida 159-o‘ringa tushib ketib, o‘zining eng yomon natijasini qayd etgandi.
Oy davomidagi o‘zgarishlarga qarasak, kuchli o‘nlikda Portugaliya termasi 6-o‘rindan 3-qatorga va Belgiya jamoasi 9-o‘rindan 5-qatorga ko‘tarildi. Shveysariya termasi aksincha, 3-o‘rindan 7-qatorga tushdi.
2016 yil sentyabrida kuchli beshlikda Argentina, Belgiya, Germaniya, Braziliya va Kolumbiya jamoalari bor edi, ayni payt esa u quyidagi ko‘rinishda: Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Argentina, Belgiya. Ko‘rinib turibdiki, Kolumbiya jamoasi o‘z o‘rnini portugaliyaliklarga bo‘shatib bergan.
Germaniyaliklar yil davomida 3-o‘rindan 1-pog‘onaga ko‘tarilganlari bilan ajralib turibdilar. FIFA safida 211ta a’zo assotsiatsiya borligini ta’kidlash kerak.
Lekin ularning 6tasi (Angilya, Bagam orollari, Eritreya, Gibraltar, Somali, Tonga) jamoasida umuman ochko yo‘q.
Oy davomida eng katta o‘sishga erishgan jamoalar (o‘rinlar bo‘yicha):
1. Kabo-Verde: +47 o‘rin
2. Lyuksemburg: +35 o‘rin
3. Makedoniya: +32 o‘rin
4. Kipr: +24 o‘rin
5. Finlyandiya: +23 o‘rin
6. Boliviya: +22 o‘rin
7. Daniya: +20 o‘rin
8-10. Zambiya: +18 o‘rin
8-10. Yaman: +18 o‘rin
8-10. Sudan: +18 o‘rin
Oy davomida eng katta qulash qayd etgan jamoalar (o‘rinlar bo‘yicha):
1. Gvatemala: -31 o‘rin
2. Efiopiya: -24 o‘rin
3-5. Serra-Leone: -21 o‘rin
3-5. Litva: -21 o‘rin
3-5. Qozog‘iston: -21 o‘rin
6. Avstriya: -20 o‘rin
7. Ekvatorial Gvineya: -19 o‘rin
8. Chexiya: -18 o‘rin
9. Latviya: -17 o‘rin
10. Trinidad va Tobago: -16 o‘rin
Oy davomida eng katta o‘sishga erishgan jamoalar (ochkolar bo‘yicha):
1. Kabo-Verde: +264,12 ochko
2. Daniya: +165,23 ochko
3. Uels: +137,84 ochko
4. Boliviya: +134,36 ochko
5. Kipr: +128,98 ochko
6. Lyuksemburg: +120,25 ochko
7. Portugaliya: +119,11 ochko
8. Xitoy: +116,97 ochko
9. Finlyandiya: +111,39 ochko
10. Chernogoriya: +106,08 ochko
Oy davomida eng katta qulash qayd etgan jamoalar (ochkolar bo‘yicha):
1. Shveysariya: -118,5 ochko
2. Kongo DR: -113,37 ochko
3. Jazoir: -113,15 ochko
4. JAR: -112,57 ochko
5. Gvatemala: -96,48 ochko
6. Isroil: -91,77 ochko
7. Avstriya: -91,25 ochko
8. Chexiya: -84,08 ochko
9. Serra-Leone: -82,42 ochko
10. Mali: -81,32 ochko
2016 yilning sentyabrida e’lon qilingan FIFA reytingiga solishtirsak, milliy terma jamoamiz naq 20 pog‘ona pastladi: 49-o‘rindan 69-o‘ringa. O‘shanda OFK miqyosida J.Koreya termasidan so‘ng 4-o‘rinda turgandik. Oradan roppa-rosa 1 yil o‘tgach, S.Arabistoni va Xitoy jamoalarini ham oldinga o‘tkazib yubordik.
FIFA reytingi (top-100)
1. Germaniya UYeFA 1606
2. Braziliya KONMEBOL 1590
3. Portugaliya UYeFA 1386
4. Argentina KONMEBOL 1325
5. Belgiya UYeFA 1265
6. Polsha UYeFA 1250
7. Shveysariya UYeFA 1210
8. Fransiya UYeFA 1208
9. Chili KONMEBOL 1195
10. Kolumbiya KONMEBOL 1191
11. Ispaniya UYeFA 1184
12. Peru KONMEBOL 1103
13. Uels UYeFA 1089
14. Meksika KONKAKAF 1085
15. Angliya UYeFA 1056
16. Urugvay KONMEBOL 1043
17. Italiya UYeFA 1035
18. Xorvatiya UYeFA 977
19. Slovakiya UYeFA 967
20. Sh.Irlandiya UYeFA 945
21. Kosta-Rika KONKAKAF 936
22. Islandiya UYeFA 931
23. Shvetsiya UYeFA 918
24. Ukraina UYeFA 888
25. Eron OFK 865
26. Daniya UYeFA 848
27. Turkiya UYeFA 842
28. AQSh KONKAKAF 828
29. Gollandiya UYeFA 819
30. Misr AFK 815
31. Tunis AFK 810
32. Serbiya UYeFA 789
33. Senegal AFK 774
34. Irlandiya UYeFA 769
35. Ekvador KONMEBOL 767
36. Bosniya va Ger. UYeFA 761
37. Chernogoriya UYeFA 749
38. Bolgariya UYeFA 739
39. Paragvay KONMEBOL 738
40. Yaponiya OFK 737
41. Ruminiya UYeFA 714
42. Kongo DR AFK 709
43. Shotlandiya UYeFA 702
44. Nigeriya AFK 696
45. Kamerun AFK 689
46. Boliviya KONMEBOL 666
47. Gretsiya UYeFA 665
48. Gaiti KONKAKAF 664
49. Burkina-Faso AFK 663
50. Avstraliya OFK 662
51. J.Koreya OFK 659
52. Gana AFK 646
53. S.Arabistoni OFK 641
54. Kot-d~Ivuar AFK 637
55. Sloveniya UYeFA 636
56. Marokash AFK 635
57. Avstriya UYeFA 632
58. Chexiya UYeFA 630
59. Vengriya UYeFA 629
60. Panama KONKAKAF 618
61. Yamayka KONKAKAF 607
-------------------------
64. Rossiya UYeFA 558
65. Gvineya AFK 554
66. Albaniya UYeFA 551
67. Kabo-Verde AFK 548
68. Venesuela KONMEBOL 525
69. O‘zbekiston OFK 511
70. Kipr UYeFA 487
71. Uganda AFK 486
72. BAA OFK 480
73. Norvegiya UYeFA 472
74. Gonduras KONKAKAF 467
75. Suriya OFK 465
76. Mali AFK 464
77. Belarus UYeFA 454
78. Zambiya AFK 448
79. Gabon AFK 430
80. JAR AFK 423
81. Liviya AFK 422
82. Isroil UYeFA 420
83. Armaniston UYeFA 414
84. Estoniya UYeFA 413
85. Qatar OFK 406
86. Kyurasao KONKAKAF 405
87. Finlyandiya UYeFA 404
--------------------------------
91. Falastin OFK 389
92. Ozarbayjon UYeFA 388
93. Farer or. UYeFA 384
94. Gvineya-Bisau AFK 381
95. Kongo AFK 378
96. Kanada KONKAKAF 368
97. Serra-Leone AFK 366
98. Mavritaniya AFK 365
R.S.: navbatdagi FIFA reytingi 19 oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Farruxbek tayyorladi
Manba: www.interfutbol.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi