18:00 / 26.09.2017
3 970

«Paxtakor»ning yangi egalariga «O‘zmetkombinat» boshqaruvi ishonib topshirildi

«Paxtakor»ning yangi egalariga «O‘zmetkombinat» boshqaruvi ishonib topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentyabrdagi «O‘zmetkombinat» AJning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori imzolangan. Bu haqida Kun.uz xabar beradi.

Tuzilmada yangi boshqaruv tashkil etilgan

«Ikkilamchiqorametallar» unitar korxonasi kombinat tuzilmasiga boshqarma sifatida kiritilgan, hududiy MChJlar esa «O‘zmetkombinat» AJning filiallariga aylantirilgan. Shuningdek, «O‘zmetkombinat» nizom jamg‘armasiga mulk majmualaridan biri — «Umumiy ovqatlanish kombinati» davlat korxonasi davlat ulushining orttirilishi hisobiga berilgan.

Jamiyatning umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadigan boshqaruv raisi Prezident ma’qullashidan so‘ng Vazirlar mahkamasi tomonidan o‘z lavozimiga tasdiqlanadi. Uning o‘rinbosarlari ishonchli boshqaruvchi («SFI Management Group» MChJ xorijiy korxonasi) tavsiyasiga ko‘ra kuzatuv kengashi tomonidan tayinlanadi va vazifasidan ozod etiladi.

O‘zgarishlar natijasida «O‘zmetkombinat» AJning yangilangan tashkiliy tuzilmasi va ijroiya apparatining tuzilmasi tasdiqlangan.

Topshirilgan hajmlar bozor narxlarida baholanadi

«O‘zmetkombinat» AJ — mamlakatda lom va qora metallar chiqitini tayyorlash (xarid qilish) borasidagi yagona vakolatli organ hisoblanadi. Topshirilgan hajm uchun hisob-kitoblar bozor narxlari asosida belgilab boriladigan shartnomaviy narxlarda hisoblanadi.

Respublikadagi yirik iste’molchilarga (byudjetdan moliyalashtiriladiganlaridan tashqari) qora metallar prokati va maydalovchi sharlar birja savdolari orqali, har yillik tasdiqlanadigan balanslarga ko‘ra o‘rtacha birja narxlariga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotiladi.

Hujjat rasman 2017 yil 25 sentyabrda e’lon qilindi va kuchga kirdi.

Qayd etmoq joizki, «SFI Management Group» MChJ xorijiy korxonasi «Paxtakor» futbol klubining 80 foiz aksiyasini sotib olgan. Ushbu korxona xorijiy investor sifatida «Paxtakor» tizimidagi sport infratuzilmalariga 5 yil davomida kamida 200 mlrd. so‘m sarmoya kiritish majburiyatini ham olgan.

«SFI Management Group» MChJ xorijiy korxonasi haqida batafsil ma’lumotlar yo‘q. Bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi e’lonlar beriluvchi saytlarda shu yilning iyul–avgust oylarida yoritilgan ma’lumotlarga ko‘ra, korxonaga 2017 yil yanvarida asos solingan, u mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida faoliyat olib boradi, konsalting xizmatlari ko‘rsatadi va investitsiyaviy loyihalarni boshqarish bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Paxtakor»ning yangi egalariga «O‘zmetkombinat» boshqaruvi ishonib topshirildi