
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasidagi quyida keltirilgan boshqarma va bo‘limlarga tanlov asosida mutaxassislar ishga taklif qilinadi:
- Matbuot xizmati (ingliz, rus va o‘zbek tillarini biladigan jurnalistlar);
- Xalqaro aloqalar boshqarmasi;
- Xavfsizlik boshqarmasi;
- Kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish bo‘linmasi;
- Kadrlar boshqarmasi;
- Ilmiy-uslubiy ta’minot bo‘limi;
- Moliya-iqtisod boshqarmasi;
- Xo‘jalik ishlari xizmati;
- Marketing boshqarmasi;
- Bolalar-o‘smirlar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish boshqarmasi;
- Hakamlar va inspektorlar boshqarmasi;
- Terma jamoalar boshqarmasi;
Nomzodlar quyidagi umumiy talablarga javob berishi kerak:
- soha bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishi;
- futbol va sport sohasidagi strukturadagi ish tajribasi;
- futbol va sport sohasidagi me’yoriy xujjatlar haqida bilimga ega bo‘lishi;
- xorijiy (rus, ingliz va boshqa) tillarni bilishi;
- kompyuter va internetdan samarali foydalanish, prezentatsiyalarni tayyorlashni o‘zlashtirgan bo‘lishi;
- Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
Shuningdek, buxgalter, kassir, shifokor, psixolog, ish va arxiv yurituvchi, elektrik, santexnik, bug‘ qozonlar mutaxassisi, omborxona mudiri, oshpaz, haydovchi, IT mutaxassis, bog‘bon, farroshlar ham ishga taklif qilinadi.
Nomzodlar o‘zi haqidagi ma’lumotnoma (rezyume)ni [email protected] elektron pochta manzili yoki +99871 230-90-51 faksga yuborishlari kerak. Komissiya tomonidan saralab olingan nomzodlarga tashkiliy qo‘mita tomonidan xabar beriladi va suhbatga taklif etiladi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar