
Kuni kecha Ruminiya poytaxti Buxarestda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Ijroqo‘mining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda 2018 yilda Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati Toshkentga ko‘chirilishi haqida qaror qabul qilingan.
Ma’lum bo‘lishicha, IWF Ijroqo‘m yig‘ilishidan biroz vaqt o‘tib, tashkilot rasmiy saytida ham e’lon qilingan, biroq ko‘chirilish sabablariga oydinlik kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, KXDR jahon chempionatini o‘tkazish huquqini 2016 yilda qo‘lga kiritgan.
Pxenyandan tashqari uni o‘tkazish uchun Minsk (Belorussiya), Eylat (Isroil), Anaxaym (AQSh) va Toshkent (O‘zbekiston) kurash olib borgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar