Alisher Nikimbayev uch yil oldingi sirni ochdi

Alisher Nikimbayev uch yil oldingi sirni ochdi
O‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev 2014 yilning 4 oktyabr sanasini yodga oldi.

"Uch yil oldin men o‘sha paytdagi O‘zbekiston terma jamoasi ustozi Mirjalol Qosimov va Bora Milutinovichni uchrashtirish uchun Abu-Dabidan Doxaga uchib borgandim.

Bora terma jamoada maslahatchi-murabbiy lavozimida ishlashga tayyor edi. Ammo kelishuv men, Qosimov va Boraga taaluqli bo‘lmagan jihatlar tufayli amalga oshmay qolgandi.

Aytgancha Doxadan Abu-Dabiga qaytish uchun chiptani o‘z hisobimdan olgandim. So‘nggi yillarda bizning futbolda kim va qay tarzda ishlagani haqidagi kichkinagina fakt edi", - deb yozadi Alisher Nikimbayev feysbukdagi o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 3 yil oldin saytimizda Milutinovich terma jamoada ish boshlashga yaqinligi haqida xabar chiqqan edi.
Alisher Nikimbayev uch yil oldingi sirni ochdi

Manba: championat.asia
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar