
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Ekvadorga qarshi bo‘ladigan JCh-2018 saralash bahsida butun jamoani Messi kabi harakat qilishga chaqirdi.
«Jamoamda Messi bor. U mening qo‘lostimda 3ta o‘yinda ishtirok etdi. U aqlbovar qilmas darajada fidoyilik namoyish qilmoqda va qora mehnatdan o‘zini olib qochmayapti. Agar butun jamoa Messining darajasida o‘ynasa, Ekvadorga qarshi o‘yin biz uchun muvaffaqiyatli yakunlanadi», – dedi Sampaoli.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi tur oldidan Argentina terma jamoasi jadvalda 6-o‘rinni egallab turibdi. Bu pog‘ona "albiseleste"ga hattoki qit’alararo pley-off bosqichiga ham yo‘llanma bermaydi. Ekvadorga qarshi o‘yinda argentinaliklarga faqat va faqat g‘alaba kerak.
Manba: stadion.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar