Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar KONMEBOL mintaqasidagi JCh-2018 saralash bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Mazkur nom unga InStat Index statistik markazi tadqiqotlaridan so‘ng berilgan. Uning ko‘rsatkichlari 366 punktda ko‘rsatib o‘tilgan. Neymar bu orqali sobiq klubdoshi Lionel Messini (Argentina) ortda qoldirgan – 354, uchinchi o‘rinda Aleksis Sanches (Chili) – 315.
Shuningdek braziliyalik futbolchi darvozaga eng ko‘p zarba bergan futbolchi bo‘lgan. O‘rtacha 90 daqiqa davomida «PSJ» hujumchisi o‘rtacha 4,3tadan zarba bergan. Messida bu ko‘rsatkich 3,7tani tashkil qilgan. Raqibni aldab o‘tish borasida ham Neymarga teng keladigan topilmagan (256 marta – 90 daqiqa davomida o‘rtacha 17,8 marta). Uning umumiy jamoaviy ko‘rsatkichi o‘rtacha bitta uchrashuvda 47,1tani tashkil qilgan. Shuningdek Neymarga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik ham mintaqada eng ko‘p (80 – o‘rtacha 90 daqiqada 5,6 marta) ko‘rsatkichga ega.
Argentina terma jamoasidan faqatgina himoyachi Nikolas Otamendi raqib hujumini to‘xtatish ko‘rsatkichi bo‘yicha (123 – har o‘yinda o‘rtacha 7,8 marta) yetakchi bo‘lgan. Shuningdek «Manchester Siti» himoyachisi yakkakurashlarda g‘alaba qozonish bo‘yicha ham tengsiz (168 marta – o‘rtacha har o‘yinda 10,6 marta) bo‘lgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi