Oliy Liga 24-turida doirasidagi“Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” o‘yinidagi hakamlik darajasi yuzasidan O‘FF hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasi favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda 14 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Paxtakor” – “Qo‘qon-1912” o‘yinini boshqargan hakamlar brigadasining ishi o‘rganib chiqildi.
O‘FFning hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tarkibidagi ilmiy-uslubiy ta’minoti bo‘limi mazkur o‘yinda maydonda bosh hakam sifatida ishlagan Vadim Agishev, uning yordamchilari Bahodir Bahromov hamda Nabijon Ro‘zimovning hakamligini alohida ko‘rib chiqdi. Natijada Vladimir Shtern boshchiligidagi guruh maydondagi barcha hakamlar uchrashuvni sifatsiz boshqargan va o‘yin tizginini qo‘ldan chiqargan deb baholadi.
Shu asosda, hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasi bosh hakam Vadim Agishev, uning yordamchilari Bahodir Bahromov va Nabijon Ro‘zimov, to‘rtinchi hakam Asker Najafaliyevlarni O‘zbekiston chempionati, 1-liga, kubok va yoshlar birinchiligi bahslaridan mavsum oxirigacha chetlatish haqida qaror qabul qildi.
Hakamlar brigadasi a’zolariga bahoni ko‘tarib qo‘yganligi uchun o‘yin inspektori Igor Nixochin ham O‘zbekiston chempionati, 1-liga, Kubok va yoshlar birinchiligidan mavsum oxirigacha chetlatildi.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi