21:41 / 15.10.2017
5 480

Futzal. O‘zbekiston OCh saralashini g‘alaba bilan boshladi

Futzal. O‘zbekiston OCh saralashini g‘alaba bilan boshladi
Eronning Tabriz shahrida bugun, 15 oktyabr kuni futzal bo‘yicha Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o‘yinlari start oldi.

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi “A” guruhidan joy olgan O‘zbekiston termasi bugun OCh saralashidagi ishtirokini Nepalga qarshi o‘tkazdi.

O‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘lgan Bahodir Ahmedov shogirdlari yakunda 14:1 hisobida zafar quchib, saralashni yirik g‘alaba bilan boshladi.

Futzal bo‘yicha OCh saralashi
“A” guruhi, 1-tur
15 oktyabr, yakshanba

O‘zbekiston – Nepal 14:1

Gollar:
Dilshod Rahmatov (1, 8, 22), Farhod Abdumavlonov (2), Davron Choriyev (3, 24), Davron Abdurahmonov (5), Artur Yunusov (13, 13), Anasxon Rahmatov (26), Husniddin Nishonov (33), Saurab Magar (35 – avtogol) Dilmurod Shavkatov (39, 39) – Suraj Raut (22)

O‘zbekiston
(birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.

Zaxira: Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiyev, Dilmurod Shavkatov, Davron Abdurahmonov, Akmal Harzatqulov, Husniddin Nishonov.

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi turni ertaga, 16 oktyabr kuni Turkmaniston futzalchilariga qarshi o‘tkazadi. Quyida qolgan o‘yinlar anonsi bilan tanishing:

16 oktyabr, dushanba
15:30 Nepal – Qirg‘iziston
18:00 Turkmaniston – O‘ZBEKISTON

17 oktyabr, seshanba
15:30 O‘ZBEKISTON – Qirg‘iziston
18:00 Turkmaniston – Nepal

Izoh: Uchrashuvlar soati Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan

Ma’lumot uchun, guruhda 1–2 o‘rinlarni egallagan jamoalar Osiyo chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi. Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo‘lib o‘tadi. Qit’a birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futzal. O‘zbekiston OCh saralashini g‘alaba bilan boshladi