O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa bin Ahmad Ol Taniyning taklifiga ko‘ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, dunyodagi eng yaxshi futbol akademiyalaridan biri sanalgan «Aspire» akademiyasiga tashrif buyurdi.
«Aspire» bizda juda katta taassurot qoldirdi. Ertaga Qatar Futbol Uyushmasi bilan memorandum imzolanishi oldidan, o‘ylaymanki, bugungi safar juda samarali bo‘ldi. Biz ikki mamlakatda bolalar-o‘smirlar futbolini rivojlantirish maqsadida ushbu akademiya bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz», deya Umid Ahmadjonovning so‘zlarini keltirgan O‘FF matbuot xizmati.
Umid Ahmadjonov bugun, shuningdek, «Aspetar» sportga ixtisoslashgan tibbiyot markazida bo‘ldi. O‘FF delegatsiyasi markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, «Aspetar»ning O‘zbekiston futboli uchun foydali jihatlarini yaqindan o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi.
Umid Ahmadjonov 17 oktyabr kuni Dohada Qatar Futbol Uyushmasi prezidenti shayx Hamad bin Xalifa Ahmad Ol Taniy bilan uchrashadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qatar futboli rahbarlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi kutilmoqda.
Qatar safari Umid Ahmadjonovning O‘FF prezidenti etib saylanganidan beri amalga oshirgan uchinchi xorijiy safaridir. Bunga qadar Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino va BAA futbol uyushmasi vitse-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan uchrashgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi