
«Barselona» yetakchilari Lionel Messi va Jerar Pike kutilmaganda, Primera 8-turidan o‘rin olgan «Atletiko»ga (1:1) qarshi o‘yinda o‘z munosabatlariga oydinlik kiritishga qaror qilishdi.
Jurnalist Eduardo Inda xabariga ko‘ra, Messi Pikega murojaat qilib, Kataloniya mustaqilligi haqidagi bayonotlarini to‘xtatishni va e’tiborini faqat futbolga qaratishni talab qilgan. Aks holda, «Barselona» safar o‘yinlarida muxlislarning ommaviy nafrati muhitida to‘p surishga majbur bo‘lishini aytgan.
Bundan tashqari, Leo jamoadoshiga «Barselona» – «Las Palmas» o‘yinidan oldin aytgan so‘zlarini ham eslatgan. O‘sha paytda, Kataloniya referendumida yuz berayotgan voqealar tufayli, Pike jamoadoshlarini maydonga tushmaslikka undagan edi. Agar bu voqea yuz berganida «Barselona» 6 ochkodan mahrum bo‘lardi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar