5 385
Alisher Nikimbayev MTJ murabbiyligiga Karlo Anchelotti nomzodligi borasidagi xabarlarga oydinlik kiritdi
Taniqli futbol eksperti Alisher Nikimbayev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga murabbiy tanlashda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik lozimligini, yangi murabbiy olib kelishga hali vaqt yetarli ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Futbol Ekspress” gazetasi ma’lum qildi.
- To‘g‘risi, Ro‘ziqul Berdiyev va O‘FF nima uchun tanqid qilinayotganiga tushunmayapman. Terma jamoaning birinchi rasmiy o‘yinigacha 14 oy vaqt bor. Shu sababli yangi murabbiy tanlashda shoshilgandan foyda yo‘q. Duch kelgan murabbiyni tanlash ham to‘g‘ri kelmaydi. Ayni paytda murabbiylar bozorida faqatgina Yevropada mavsum boshida ishsiz qolganlar bor. Albatta, ushbu ro‘yxatda Ronald de Bur, Karlo Anchelotti kabilar ham bor. Lekin O‘FF rahbariyati ular bilan muzokara olib borayotganligi fayt emas. Shuningdek, ular terma jamoamizga kelishi ham aniq emas. Men uchun kim vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajargandan ko‘ra bosh murabbiy sifatida kim bilan shartnoma imzolanishi muhim. Shu asosiy savol. Agar yakunda terma jamoasini ayni paytda JChga tayyorlayotgan murabbiy tanlansa ham ajablanmayman. Bunday holatda o‘z ishini iyulda boshlashi kerak bo‘ladi. Kechmi? Nima uchun kech? Osiyo kubogigacha bir yarim yil vaqt bor. Tayyorlanish uchun vaqt yetadi. Keyin siz uchun qaysi biri yaxshi: yana Osiyo kubogidagi yarim finalmi yoki JChga chiqishmi? Javob aniq. Shuning uchun xavotirlanishga hech qanday sabab yo‘q.
Berdiyevning bosh murabbiy etib tayinlanishiga keladigan bo‘lsak, bu yerda barchasi oddiy: o‘z kuchini milliy terma jamoada sinab ko‘rishni istamaydigan murabbiy yo‘q. Ro‘ziqulni tanqid qilayotganlar ham bunday imkoniyatdan foydalanib qolgan bo‘lardilar, - deydi Nikimbayev o‘zining feysbukdagi sahifasida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi