
Professional boksda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan hamyurtimiz Azizbek Abdug‘ofurov (8-0-0, KO4) o‘zining navbatdagi jangini Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda o‘tkazdi.
“Titwangsa” stadionida o‘tgan jangda u Avstraliya sharafini himoya qilgan Tej Pratap Sinxga (9-4-2, KO4) qarshi o‘tkazdi. 8 raund davom etgan jangda Azizbek ochkolar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, u shu vaqtga qadar 7 ta jang o‘tkazib, barchasini g‘alaba bilan yakunlagan va shulardan 4 tasida nokaut qayd etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing