Butunjahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder superog‘ir vazn toifasida oltinchi marta kamarini himoya qildi. U kanadalik Bermeyn Stivernga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini birinchi raunddayoq nokaut holatiga tushirdi.
Uaylder 2015 yil yanvarida ham Stivernni nokaut qilgan va WBC kamarini qo‘lga kiritgan. O‘tgan vaqt ichida amerikalik bokschi kamarini 5 marta muvaffaqiyat bilan himoya qilgandi.
Uaylder va Stivern o‘rtasidagi jang kamar himoyasi uchun oltinchi jang bo‘ldi, bokschilar shanba oqshomida Nyu-Yorkda ringga ko‘tarilishdi. Ammo jang birinchi raunddayoq Uaylderning kuchli zarbalari tufayli yakuniga yetdi.
31 yoshli Uaylder hisobidagi g‘alabalar soni endi 39taga yetdi (39 jangda 38 nokaut). 38 yoshli Stivern o‘z faoliyati davomida 25 g‘alaba (21 — nokaut), 3 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi