Bugun, 10 noyabr kuni Toshkentdagi “Miran” mehmonxonasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida, shuningdek, terma jamoaga jalb qilingan “Buxoro” hujumchisi Ivan Nagayev ham ishtirok etdi.
“…Rejamiz bo‘yicha bugun va ertaga Toshkentda mashg‘ulot o‘tkazamiz, 12–13 noyabr kunlari esa bevosita BAAda mashg‘ulotlarni davom ettiramiz.
Hozirda tarkibga jalb qilingan barcha futbolchilar yig‘inga sog‘-salomat tarzda yetib kelishdi. Biz BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida legionerlar xizmatidan foydalanmay, asosiy e’tiborni yosh futbolchilarn sinovdan o‘tkazishga qaratdik. ”, deya ta’kidladi Ro‘ziqul Berdiyev.
Berdiyev fikrini davom ettirar ekan terma jamoaga bugungi kunda o‘z pozitsiyalarida eng kuchli bo‘lib turgan futbolchilar tanlab olinganini bildirdi.
Nima sababdan Igor Sergeyevning tarkibga jalb qilinmagani haqidagi savolga murabbiy quyidagicha javob berdi:
“Men Igor Sergeyevning hujumchi sifatidagi mahoratiga shubha qilmayman. U juda kuchli futbolchi. Sergeyev so‘nggi vaqtlar ichida kuchli bosimda qolgandi.
Balki, biroz tanaffus uning o‘ziga ham yaxshi ta’sir qilar. Igor Sergeyev kelajakda terma jamoaga ko‘p foyda keltirishiga ishonaman”.
Tadbir davomida uzoq tannafusdan so‘ng tarkibga jalb qilingan Ivan Nagayev ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Men uzoq tannafusdan so‘ng ilk bor terma jamoadan taklif oldim. Terma jamoa bu eng muhim, bizning sharafimiz bo‘lgan jamoadir.
Har bir futbolchi bu yerda o‘ynashni orzu qiladi. Men kuch va mahoratimni ishga solib, bu yerdagi o‘z o‘rnimni saqlab qolishga intilaman”, deb aytgan Nagayev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi