16:18 / 11.11.2017
6 619

Shohjahon Ergashev bugun ringga ko‘tariladi (foto)

Shohjahon Ergashev bugun ringga ko‘tariladi (foto)
Xabaringiz bor, professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan bokschimiz Shohjahon Ergashev bugun AQShning Nyu-York shahridagi Nassau Coliseum sport majmuasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Ushbu qarama-qarshilikda unga amerikalik Markiz Xavtorn raqiblik qiladi. Hamyurtimizning bu galgi raqibi shu kunga qadar professional ringda 12 ta jang o‘tkazib, besh marotaba zafar quchgan.

Shuningdek, Shohjahon bugungi jangga O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxonning rus tilidagi "Drug" qo‘shig‘i ostida chiqadi.

Quyidagi uning mashg‘ulot jarayonidan fotolavhalarni taqdim qilamiz.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev bugun ringga ko‘tariladi (foto)