6 426
Nokautchi bokschi Shohjahon Ergashev AQShdagi ilk jangida Markes Xoutornni qulatishi uchun 2 ta raund kifoya qildi
O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shohjahon Ergashev Amerikada ham o‘z an’anasini davom ettirib, raqibini muddatidan avval taslim qildi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.
Professional ringda bungacha 10 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida qarshisidagi raqibini nokaut qilgan Ergashev, dunyo boks markazida ham bu yurishini davom ettira oldi. Uning Amerikadagi ilk raqibi Markes Xoutorn bo‘ldi.
Xoutornga qarshi jangning 1-raundida o‘zbekistonlik sportchi katta ustunlikka ega bo‘ldi. 2-raundning dastlabki 10 soniyasi esa nokaut uchun kifoya qildi. Ergashevning birinchi yaxshi zarbasidan keyinroq amerikalik bokschi yiqilib tushdi, biroq ochilgan vaqtdan keyin, o‘ziga kelib oldi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shohjahon ikkinchi aniq zarbasi bilan masalani hal qildi: 11 ta jang va 11 ta nokaut.
Markes Xoutorn professional ringda 12 ta jang o‘tkazib, shularning 5 tasida zafar quchgan va 7 tasida imkoniyatni boy bergandi. Bu uning uchun 8-mag‘lubiyat bo‘lib tarixga kirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi