
PSJ va Neymar o‘rtasidagi dastlabki muzokaralarni fosh qilgan jurnalist endi Neymar PSJga o‘tganidan afsusda ekanligini ma’lum qildi.
Marselo Beshler braziliyalik futbolchi tanlovda adashganini va Ispaniyaga qaytmoqchi ekanini aytgan. Neymarning Parijda baxtli emasligiga sabab uning Unay Emeri va klubdoshlari Edinson Kavani va Anxel Di Mariyalar bilan sovuq munosabatlari sabab bo‘lmoqda. Beshler PSJ Neymardan tashqari har qanday kishini ketkazishga tayyor ekanligini El Transistor bilan bo‘lgan suhbatida aytib o‘tgan. Bu esa, Emeri, Kavani va Di Mariyalarning yaqin orada jamoani tark etishini anglatadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar