Rossiyalik o‘zbek biznesmeni Alisher Usmonov Belgiyaning “Anderlext” klubi aksiyalari boshqaruv paketini sotib olmoqchi. HLN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra bu Usmonovga tahminan 80 mln yevroga tushishi mumkin.
Aytish lozimki, ushbu jamoani sotib olishga Usmonovdan tashqari shuningdek yana ikki belgiyalik biznesmenlar - Pol Geyzens va Vouter Vandenxautelar ham kurash olib borishmoqda. Shu bois, klub xo‘jayinlari bir vaqtning o‘zida ham Usmonov bilan, ham Geyzens va Vandenxautelar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ammo, ular aksiyalarni aynan kimga sotishi hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov shuningdek Londonning “Arsenal” klubi xo‘jayinlaridan biri hisoblanadi. Unda “kanonirlar”ning 30% aksiyasi bor.
Ma’lumot uchun, "Anderlext" joriy mavsum UYeFA Chempionlar ligasining "B" guruhida "Bavariya", PSJ hamda "Seltik" klublariga qarshi kurash olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi