XXVI O‘zbekiston chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan, “Nasaf” futbolchilari dam olishdan qaytib kelishdi va 15 dekabrdan o‘z qarorgohida yangi mavsum tayyorgarligini boshladi. Mashg‘ulotlar klub qarorgohida bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Nasaf” 22 dekabr kuni U-23 terma jamoamiz bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv, shu kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 15:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Taylandda o‘tgan Xalqaro musobaqa finalida Yaponiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Shuningdek, “Nasaf”ning dekabr oyidagi rejasiga ko‘ra, 26 dekabr kuni futbolchilar me’yoriy talablar bo‘yicha sinovdan o‘tishadi va shu kuni tantanali taqdirlash marosimida ham ishtirok etishadi. Dekabr oyi tayyorgarlik mashg‘ulotlari 28 dekabr kuni nihoyasiga yetadi. Shu kuni qarshiliklar yana bir nazorat o‘yinida maydonga tushishi mumkin. Shundan so‘ng futbolchilar yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa ta’tilga chiqishadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Anjey Duda: “Tramp Ukrainani o‘z holiga tashlab qo‘ymaydi”