O‘zbekiston termasi Evropadagi terma jamoalardan biri bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin

2018 yilgi JCh uchun saralash uchrashuvlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida KXDR va Yamanga qarshi muhim o‘yinlarni o‘tkazadi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Terma jamoaning Filippin va Bahraynga qarshi o‘yinlari kelasi yilning mart oylarida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonovga yaqin bo‘lgan manbalardan olingan norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2016 yilning kuz oylarida Evropaning ko‘zga ko‘ringan terma jamoalaridan biri bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
O‘yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o‘tishi ko‘zda tutilgan. Hozircha, O‘zbekiston terma jamoasiga sparring bo‘lishi mumkin bo‘lgan termalar orasida sobiq Yugoslaviya davlatlarining vakillari bor. Ular Xorvatiya, Sloveniya va Makedoniya biri ekani aytilgan. Shuningdek, Rossiya terma jamoasi nomi tilga olingan.
"Hozircha, kelishuvning dastlabki qismi haqida suhbat olib borilgan. Evropa vakillari Evro-2016 musobaqasidan keyin Toshkentga kelishga qarshi emasliklarini bildirishgan. Hammasini vaqt ko‘rsatadi", deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, agar O‘zbekiston termasi JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, Argentina, Portugaliya yoki Gollandiya terma jamoalari bilan Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish masalasi ham rejaga kiritilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing