Bugun, 20 dekabr kuni OFK Osiyo chempionlar ligasi hamda OFK Kubogida ishtirok etish uchun litsenziyadan o‘tgan klublar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondan 17 ta klub litsenziyalash bo‘yicha hujjatlarni OFKga taqdim etgandi, 13ta jamoa bundan muvaffaqiyatli o‘tdi. Shuningdek, to‘rtta klub o‘ta olmadi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar bermoqda.
OFK litsenziyasidan o‘tgan klublar: “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Qo‘qon-1912”, “Mash’al”, “Olmaliq”, “Metallurg”, “Dinamo”, “Neftchi”, “Navbahor” va “Sementchi”.
“Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Obod” va “Sho‘rtan” jamoalari esa OFK litsenziyasidan o‘ta olishmagan.
Ko‘rinib turibdiki, OFK litsenziyasidan joriy yil Oliy ligada o‘ynagan to‘rtta klub o‘ta olmagan.
Birinchi ligada muvaffaqiyatli ishtirok etib, liga chempioni sifatida Super Ligaga yo‘l olgan “Sementchi” litsenziya shartlarini to‘g‘ri bajargan.
Shuningdek, Toshkentning “Obod” klubi Oliy ligadan chetlatilgani sabab, litsenziya shartlarini bajara olmasligi tayin edi.
Ammo, nima sababdan “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Sho‘rtan” kabi klublarning o‘ta olmagani hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘FF va O‘zPFL tashkilotlari kelasi yildan Oliy liga nomi Super ligaga o‘zgartirilishi va unda rasman 12 ta jamoa ishtirok etishi haqida qaror qabul qilgani haqida xabar berib o‘tgandik. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi