12:53 / 28.12.2017
4 508

OFK prezidenti Umid Ahmadjonovni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi

OFK prezidenti Umid Ahmadjonovni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi
Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon Ibrohim Al-Halifa O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

OFK prezidenti O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov nomiga jo‘natgan tabriknomasida shunday deydi: «Kirib kelayotgan yangi 2018 yil munosabati bilan men Sizga eng ezgu tilaklarimni va salomlarimni yetkazib qolaman.

Umid qilamanki, kirib kelayotgan yangi yil Sizga va Sizning oila a’zolaringizga xursandchilik va omad keltiradi. Sizga va O‘zbekiston Futbol Federatsiyasida faoliyat yuritayotgan Sizning jamoangizga bayramni quvonch bilan o‘tkazishni tilayman.

Kirib kelayotgan 2018 yilda Osiyo futbolining taraqqiyoti va yangi samarali yutuqlariga birgalikda guvoh bo‘lamiz, deb umid qilaman», - dedi Shayx Salmon o‘z tabriknomasida.

Shuningdek, Yangi bayrami munosabati bilan tabriknomalar Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron, BAA, Iordaniya, Qatar, Serbiya futbol assotsiatsiyalaridan ham kelgan.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK prezidenti Umid Ahmadjonovni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi