date
views 3 861

Shavkat Mirziyoyev og‘ir atletikachilarni mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev og‘ir atletikachilarni mukofotladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Jahon chempionatida yuqori natijaga erishgan sportchilarni taqdirlash to‘g‘risida"gi farmoyishini imzoladi.

Farmoyishda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan og‘ir atletika sport turi bo‘yicha 2017 yil 28 noyabr – 6 dekabr kunlari Anaxaym shahrida (AQSh) o‘tkazilgan jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi O‘zbekiston sportchilari:

Yoqubov Doston Jaloliddin o‘g‘li
69 kilogramm vaznda birinchi o‘rinni (oltin medal) egallagani uchun 12 000 AQSh dollari;

Sobirov Farhodbek Anvar o‘g‘li 94 kilogramm vaznda ikkinchi o‘rinni (kumush medal) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;

Yefremov Ivan Vladimirovich 105 kilogramm vaznda ikkinchi o‘rinni (kumush medal) egallagani uchun 6 000 AQSh dollari;

Ergashev Adhamjon Abdullajon o‘g‘li 62 kilogramm vaznda uchinchi o‘rinni (bronza medal) egallagani uchun 3 000 AQSh dollari miqdoridagi bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanishi belgilandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkat Mirziyoyev og‘ir atletikachilarni mukofotladi