Tennischilar Rojer Federer va Serena Uilyams Sport matbuoti Xalqaro uyushmasi (AIPS) talqiniga ko‘ra, 2017 yilning eng yaxshi erkak va ayol sportchilari deb tan olinishdi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Federer 19,94 foiz to‘pladi. Yakunlangan mavsumda u “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi ikkita musobaqa – Avstraliya ochiq chempionati va Uimbldonda g‘olib bo‘ldi.
Federer “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (16,94 foiz) va “Barselona” hujumchisi Lionel Messini (11,39 foiz) ortda qoldirdi.
Serena Uilyams (13,99 foiz) esa 2017 yilda Avstraliya ochiq chempionatida g‘olib bo‘ldi. Ayol sportchilar orasida 2-o‘rinni vengriyalik suzuvchi Katinka Xossu (13,56 foiz), 3-o‘rinni amerikalik yuguruvchi Elisson Feliks egalladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi