
“Olmaliq” bosh murabbiyi Viktor Kumikov kbpravda.ru saytiga intervyu berdi.
Quyida ushbu intervyudan parcha o‘qishingiz mumkin:
- “Olmaliq”da deyarli barcha sharoitlar yaratilgan. Shug‘ullanish uchun qulayliklar muhayyo. Biz kuchli uchlikka kirishimiz qiyin. Sababi, “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Nasaf”, “Bunyodkor” kabi yetakchilar bor. Ularga qarshi raqobat qilish qiyin. Klub rahbarlari bizga sovrinli o‘rinlarga kirish vazifasini qo‘ymagan. Ammo biz murabbiylar shtabi o‘zimiz uchun kuchli uchlikni maqsad qilganmiz.
Bizda futbolchilar katta maosh olmaydi. Eng ko‘p oylik oladigan o‘yinchi uch ming dollar ishlab topadi.
Men klubga kelganimda barchasini noldan boshladim. Jamoani boshqatdan tuzdim. Seleksiya ishlarini olib bordim. Jamoaning o‘rtacha yoshi 22-23 ni tashkil qiladi. Tarkibdagi bir nechta futbolchilar milliy terma jamoa “eshigini qoqmoqda”, - deydi Kumikov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar