“Nasaf”ning OChL-2018 pley off bosqichidagi raqibi Iordaniyaning “Al-Faysaliy” klubi ham, 8-18 yanvar kunlari Turkiyada yig‘in o‘tkazishga qaror qilgan. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Klub 30 dekabr kuni yangi murabbiy bilan kelishuvga erishdi. Serbiyalik 39 yoshli mutaxasis Ivan Gvozdenovich endi klubning bosh murabbiyi hisoblanadi. U xorvatiyalik Dragan Talajichni almashtirgan.
Klubga oid xabarlardan yana biri, “Al-Faysaliy” liviyalik legioner futbolchisi Akram Zui bilan xayrlashgan. Bu o‘yinchi FIFA tomonidan jazolangan 5 futbolchining biridir. Shuningdek, klub Muxammad Al Alun bilan ham shartnomani bekor qilgan. Shunday qilib, “Al-Faysaliy” FIFA tomonidan jazolangan o‘z futbolchilari bilan birin-ketin xayrlashmoqda. Hozircha jamoa ixtiyorida ikki legioner futbolchi bor, bular senegallik Dominik va polshalik Lukasdir. “Al-Faysaliy” tez kunlarda ushbu futbolchilari bilan ham xayrlashishi mumkin. Chunki, murabbiylar bir qancha futbolchilarni ayni kunlarda nazoratdan o‘tkazishmoqda.
Qolaversa, klub bir qator mahalliy fubolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib ham olgan.
Eslatib o‘tamiz, OChL-2018 pley-off doirasidagi “Nasaf” – “Al-Faysaliy” uchrashuvi, 30 yanvar seshanba kuni Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda soat 16:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi