"Paxtakor" Turkiyada qaysi jamoalar bilan nazorat o‘yini o‘tkazadi?

"Paxtakor" Turkiyada qaysi jamoalar bilan nazorat o‘yini o‘tkazadi?
Belekdagi yig‘in chog‘ida "Paxtakor"ning nazorat uchrashuvlaridagi raqiblari bilan tanishtirib o‘tamiz. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Nazorat o‘yinlari quyidagi jamoalarga qarshi o‘tkazilishi rejalashtirilgan:

7 yanvar "Turgutluspor" (Turkiya, 3-liga)

11 yanvar "Shanliurfaspor" (Turkiya, 2-liga)

15 yanvar "Partizani" (Tirana, Albaniya Superligasi)

20 yanvar "Vardar" (Skope, Makedoniya yuqori ligasi)

Turkiyadagi yig‘in 21 yanvar kuni tugaydi va "Paxtakor" Toshkentga qaytib keladi. Mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuv 30 yanvar kuni Doxada "Al-Garafa" bilan Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar