Shu yilning 9 yanvar kuni Xitoyda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati boshlanadi.
Ushbu musobaqada Ravshan Haydarov boshchiligidagi Olimpmiya terma jamoamiz qatnashadi. Osiyo Futbol Konfederatsiyasining rasmiy saytida terma jamoamizga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi. Maqolada terma jamoamiz bosh murabbiyi Ravshan Haydarovning fikrlari ham bayon qilingan.
"Oq bo‘rilar" o‘tgan yilning iyul oyida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati saralashida muvaqqiyatli ishtirok etib, Livan, Nepal, BAA terma jamoalarini mag‘lub etgan holda guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgandi", - deyiladi www.the-afc.com saytidagi xabarda.
"Uchinchi bor tashkil etilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi muvaffaqiyatli yurishini Xitoyda ham davom ettirmoqchi.
"Saralash bahslaridagi muvaffaqiyatli o‘yinlarimizni Osiyo chempionatida ham namoyish qilmoqchimiz", - deydi Ravshan Haydarov.
"BAAdagi saralashdan keyin o‘tgan 6 oy davomida terma jamoamiz futbolchilari o‘z klublarida yana ancha tajriba to‘plashdi. Ba’zi chiziqlardagi futbolchilar o‘zgargan bo‘lishi mumkin, lekin jamoaning asosi shakllantirilgan. Biz doimiy ravishda har bir chiziqqa eng munosib futbolchilarni saralab bordik.
Birinchi o‘yin hamisha juda muhim. Bizning futbolchilar o‘yinga tayyorlar, musobaqani o‘zimiz istagandek boshlashimizga ishonchim komil. Murabbiyi sifatida Osiyo chempionatida g‘alaba qozonishga salohiyatimiz yetarli, deb hisoblayman. Turnirda g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilishga tayyormiz", - deydi Ravshan Haydarov.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi