
«Real» klubi kelajakda «PSJ» hujumchisi Neymarni sotib olishga jiddiy ahd qilgan, deya xabar qilmoqda Uff.uz nashri.
Braziliyalik futbolchi «Qirollik klubi»ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib turibdi. Aytilishicha, Neymarning transferi «Real»ga 400 mln yevroga tushishi mumkin.
«PSJ» prezidenti Nossir Al-Halayfi hujumchini qo‘yib yuborish niyatida emas. Biroq «Real» safida parijliklarni qiziqtiradigan bir qator futbolchilar bor, masalan: Krishtianu Ronaldu.
Madridliklar Neymarni qo‘lga kiritish juda mushkul ish ekanini yaxshi biladilar, biroq ushbu masalani 2019 yildan kechiktirmasdan amalga oshirmoqchilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar