Kim Chang Bok: Mag‘lubiyatimizga muxlislar ham sababchi bo‘lishdi

O‘zbekiston - KXDR uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Kim Chang Bok ishtirok etdi.
"Bugungi uchrashuvda O‘zbekiston juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ayniqsa 9 va 11 raqamdagi futbolchilarni alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Biz tezkor gol urdik, lekin goldan so‘ng hujumga o‘tish o‘rniga himoyada o‘ynadik. Aynan mana shu tufayli ham mag‘lub bo‘ldik deb o‘ylayman", - deydi murabbiy.
- KXDR yozda ham O‘zbekiston bilan o‘ynagandi. O‘sha uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston qanchalik kuchaydi deb o‘ylaysiz?
- Agar ikkala o‘yinni solishtirsak, tarkibda bir qator yangi futbolchilar bor. Asosiysi bu emas, hozir terma jamoa 90 daqiqa davomida hujum qilish salohiyatiga ega. Hozirgi jamoaning jismoniy tayyorgarligi juda yaxshi.
- Ikkita gol ham tayanch yarim himoyadagi xatolar tufayli o‘tkazildi. Bu joyda boshqa futbolchilar ham bormidi yoki bular eng yaxshilarimi?
- Darhaqiqat o‘yin uchun tuzgan rejamiz boshqacha edi. Asosiy tarkibdagi 3 nafar futbolchi etarli tayyorgarlik ko‘ra olmadi. Avvaldan o‘ylab qo‘ygan rejamiz amalga oshmadi va biz mag‘lub bo‘ldik.
- O‘yinoldi matbuot anjumanida siz muxlislar ham O‘zbekistonning ustun tomoni degandingiz. Bugungi mag‘lubiyatga muxlislar qanchalik ta’sir qilishdi?
- Stadionga kelgan ishqibozlar muhim faktorlardan biri bo‘ldi. Ammo mag‘lubiyatdagi eng asosiy faktor demagan bo‘lardim. Hali imkoniyatimiz bor, shunday ekan biz kurashishda davom etamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing