21:24 / 18.01.2018
5 151

Yaponiya murabbiyi: "Biz O‘zbekistonning qanchalik kuchli raqib ekanligini yaxshi bilamiz"

Япония мураббийи: "Биз Ўзбекистоннинг қанчалик кучли рақиб эканлигини яхши биламиз"
Xabaringiz bor, Xitoyda U-23 yoshliklar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Musobaqa chorak finalida O‘zbekiston – Yaponiya qarama-qarshiligi kuzatiladi. Bugun ushbu bellashuv oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda dastlab yaponiyaliklar ustozi Xajime Moriyasu ishtirok etdi.

- Yaponiya oldin bu sovringa erishganiga qaramay, hozir menga va jamoamga hech qanday bosim yo‘q. Albatta, biz bu yerga g‘alaba qozonish uchun kelganmiz. Lekin eng muhimi shogirdlarim harakatlarini, fazilatlarini, maydonda nimalar qila olishlari mumkinligini ko‘rsatishmoqda. Yaponiya guruhdagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozondi. Ammo O‘zbekistonga qarshi o‘yin guruhdagilardan farq qiladi. Qolaversa, endi bellashuvlar murakkablashib boraveradi.

Xalqaro turnirlarda keyingi bosqichga o‘tgan barcha jamoalar kuchli raqibga aylanadi. O‘tmishdagi natijalarga qarashni istamaymiz. Shuning uchun diqqatimizni O‘zbekistonga qarshi o‘yinga qaratganmiz.

O‘zbekiston qanchalik kuchli ekanligini yaxshi bilamiz. Ular tarkibida tajribali va yuqori darajadagi o‘yinchilar bor. Aytmoqchimanki, mening shogirdlarim aqlli futbol namoyish etishlari kerak. Chunki biz kuchli raqibga to‘g‘ri keldik.

Bu ikki jamoa o‘tgan yili dekabrda Malayziyadagi xalqaro turnirda to‘qnash kelgan. O‘shanda Yaponiya penaltilar seriasida mag‘lub bo‘lgan. Ammo men bundan xavotirda emasman.

Jamoani qabul qilib olganimdan so‘ng Malayziyadagi turnir mening birinchi safarimdir. Endi bu chempionat ikkinchisi. Oldingi tarkibdan hozir 8 futbolchi bor, - deydi Yaponiya ustozi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaponiya murabbiyi: "Biz O‘zbekistonning qanchalik kuchli raqib ekanligini yaxshi bilamiz"