O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi va O‘zbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov "Real Madrid" klubi Akademiyasi direktori Xulio Ronko va Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati taklifiga binoan rasmiy safar bilan Ispaniyaga jo‘nab ketdi.
Safardan ko‘zlangan aosiy maqsad "Real Madrid" akademiyasi filialini Toshkentda ochish, shuningdek, Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan murabbiylar tayyorlash va bolalar futbolini rivojlantirish borasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatishdan iborat. Bundan tashqari safar davomida Ispaniyadagi bir qator taniqli futbol mutaxassislari bilan uchrashib, fikr almashish belgilangan.
Shuningdek, Umid Ahmadjonov "Real Madrid" futbol klubi rahbariyati tomonidan 21 yanvar kuni La liganing 20-turidan o‘rin olgan "Real Madrid"- "Deportivo" uchrashuvini bevosita "Santyago Bernabeu" stadionidagi prezident lojasidan tomosha qilishga taklif etilgan.
23 yanvar kuni esa Umid Ahmadjonov Parijda Fransiya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi