Rossiya o‘z maydonida Portugaliyani kichik hisobda yengdi

Rossiya o‘z maydonida Portugaliyani kichik hisobda yengdi
Rossiya o‘z maydonida Portugaliyani kichik hisobda engdi

Rossiya hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.

Unda 1:0 hisobi qayd etilib, rossiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limning 89-daqiqasida Roman Shirokov tomonidan kiritilgan gol, yakunda Leonid Sluskiy shogirdlariga g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, Rossiya o‘z maydonida Portugaliyani kichik hisobda yengdi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Rossiya – Portugaliya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 89 Shirokov.
Rossiya – Akinfeev, Berezuskiy, Ignashevich, Kuzmin (Shishkin, 45), Dzagoyev, Jirkov, Denisov, Samedov (Smolov, 66), Shirokov, Mamaev (Ignatyev, 77), Dzyuba.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Elizeu, Soaresh, Alvesh, Pepe, Nani, Andre Andre (Ruben Nevesh, 73), Vilyam Karvalyu, Joau Mariu (Rafa Silva, 90), Gonsalu Gedesh (Rikardu Pereyra, 82), Oliveyra (Lukash Joau, 72).
Ogohlantirishlar: Smolov (75), Ruben Nevesh (80).

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar