date
views 3 094

«Real»ning «Deportivo»ga qarshi oʻyin uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum qilindi

«Real»ning «Deportivo»ga qarshi oʻyin uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum qilindi
Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati 20-turi doirasida «Deportivo»ga qarshi kechadigan bahsda ishtirok etishi mumkin boʻlgan futbolchilar qaydnomasini e'lon qildi. «Qirollik klubi» bosh murabbiyi Zinedin Zidan zayavkaga 19 futbolchini kiritdi. Uchrashuvni Serxio Ramos va Xesus Valexolar jarohat sabab oʻtkazib yuboradilar.

Oʻyin qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar bilan tanishing:

Darvozabonlar: Keylor Navas, Kiko Kasilya, Moha.
Himoyachilar: Dani Karvaxal, Marselo, Rafael Varan, Nacho Fernandes, Teo Ernandes.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Kazemiro, Luka Modrich, Marko Asensio, Isko, Mateo Kovachich.
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl, Benzema, Lukas Vaskes, Borxa Mayoral.

Manba: Uff.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real»ning «Deportivo»ga qarshi oʻyin uchun kengaytirilgan tarkibi ma'lum qilindi
-->