
Xitoyda davom etayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rasidagi Osiyo chempionatining yarim final bosqichidan o‘rin olgan Qatar hamda Vetnam terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda vetnamliklarning qo‘li baland keldi.
O‘yin asosiy vaqti 2:2 hisobi bilan yakun topgan bo‘lsa, penaltilar seriyasida Vetnam 4:3 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa, Vetnam Osiyo chempionati finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan birinchi jamoa bo‘ldi.
Ikkinchi finalchi nomi bugun O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hal bo‘ladi. Uchrashuv vaqti 16:30 ga belgilangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.