
O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvidan so‘ng terma jamoamiz ustozi Ravshan Haydarov o‘z fikrlarini bildirdi, deb yozadi Sports.uz.
"Futbolchilarim bu chempionatdagi eng yaxshi natijani qayd etishdi. Futbolchilarimiz barcha ko‘rsatmalarni to‘liq bajarishdi. Bugun hamma yaxshi harakat qildi. Biz charchagan bo‘lsakda, taktik va jismoniy jihatdan kuchli edik.
Men Janubiy Koreya kuchli jamoa ekanligini shogirdlarimga o‘yin oldidan aytdim. Bellashuv qo‘shimcha taymlarga ulandi. Bu juda qiyin bo‘lsada, jamoam xarakter hamda o‘zlarining individual mahoratlarini ko‘rsatishdi. O‘ylaymanki, biz haqli g‘alabaga erishdik", - deydi Haydarov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar