12:57 / 25.01.2018
5 792

O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatov: "O‘zbek futboli arab futbolidan ham ortda qoldi"

ЎФА президенти Очилбой Раматов: "Ўзбек футболи араб футболидан ҳам ортда қолди"
Bugun, 25 yanvar kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O‘zbekiston futbol federatsiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi tashkil etildi.

Hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining yangi prezidenti etib saylangan Ochilboy Ramatov o‘zbek futbolining og‘riqli nuqtalarini tilga olib o‘tdi.

Yangi rahbar o‘tgan davr mobaynida O‘zbekistondagi futbol stadionlariga muxlislar tashrifi keskin kamayib ketganini qayd etib o‘tib, buni rahbariyat «pastga tushib ishlamasdan, faqat Toshkentda o‘tirgani» bilan izohladi.

«Hamma futbolchi Toshkentdagi jamoalarga yig‘ildi. Viloyatlardagi futbol o‘ldi.

Bu vaqtda esa boshqa davlatlarda, masalan, arab davlatlari to‘g‘ri ish olib bordi, hakamlikka e’tibor qaratildi. Ular vatan uchun futbol qanchali kerakligini his qilib ishlashdi. Mana, endi ular bizdan o‘tib ketdi. Biz esa pozitsiyalarimizni yo‘qotdik.

O‘yinlarga tomoshabin kelmay qo‘ydi. Nega? Tomoshabin kelmasa, nega kerak futbol? Bu ommaviy sport turi. Ish kunida charchagan odamlar uchun hordiq chiqarish vositasi bo‘lishi kerak. Yoshlar vaqtini yomon ishlar bilan o‘tkazmasligi uchun. Futbol - odamlar uchun bo‘lishi kerak.

«Paxtakor» stadioniga bir vaqtlar 50-55 ming kishi kelardi. Qani endi o‘sha muxlislar?

Chunki, bizning futbolda «o‘yin» ko‘p. Futbol emas, boshqacha o‘yin», - deya Ochilboy Ramatovning so‘zlarini keltiradi «Tribuna» muxbiri.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA prezidenti Ochilboy Ramatov: "O‘zbek futboli arab futbolidan ham ortda qoldi"