17:00 / 25.01.2018
6 176

Umid Ahmadjonov O‘FFdagi so‘nggi ish kunida qanday qaror qabul qilganini bilasizmi?

Umid Ahmadjonov O‘FFdagi so‘nggi ish kunida qanday qaror qabul qilganini bilasizmi?
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati — Oliy liga musobaqasi yangi mavsumdan boshlab “O‘zbekiston Superligasi”, Birinchi liga esa “O‘zbekiston PRO-ligasi” deb nomlanishi haqida avval xabar bergandik.

Belgilanganidek, O‘zbekiston Superligasida jami 12 ta, Pro-ligada esa 16 ta jamoa ishtirok etadi.

O‘FF o‘tkazgan takroriy o‘rganishlar jarayonida Quvasoyning “Sementchi” hamda Muborakning “Mash’al” klublari tomonidan Superligada ishtirok etuvchi futbol klublari oldiga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilmagani, mavjud muammo va kamchiliklar bartaraf etilmagani aniqlandi.

Ya’ni, “Sementchi” futbol klubining o‘quv mashg‘ulot bazasi, yotoqxonasi ta’mirtalab, shuningdek futbol klubi o‘zining futbol maktabi yo‘q. Klubning ayollar jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion yangi mavsumga tayyor emas.

Shuningdek, “Mash’al” futbol klubining stadioni ham yangi mavsumga umuman tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi. Futbol klubining o‘quv-mashg‘ulotlar bazasi, mini futbol jamoasi infratuzilmasida ham shu holat. Klubning ayollar jamoasi uchun hududda umuman sharoit yaratilmagan, futbol maktabi achinarli ahvolda.

Ularning o‘rniga, garchi chempionatni quyi pog‘onada yakunlagan bo‘lsa ham, litsenziyalash bo‘yicha talablarga javob beradigan Farg‘onaning “Neftchi” hamda Jizzaxning “So‘g‘diyona” klublari Superliga-2018 ishtirokchilari qatoriga qo‘shildi.

Mazkur futbol klublarining Superligada ishtirok etish uchun belgilangan talablarni yetarlicha bajarganligi inobatga olindi.

“Sementchi” va “Mash’al” jamoalarining yangi mavsum qaysi ligada o‘ynashlari va Pro-ligada qaysi jamoalar qatnashishi haqida ma’lumot berilmadi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ishchi guruhi a’zolarining yakuniy xulosasi asosida O‘zbekiston futbol federatsiyasi Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 24 yanvardagi 4-sonli Qarori qabul qilindi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, endilikda O‘FFning sobiq prezidenti Umid Ahmadjonov mazkur qarorni so‘nggi ish kunida imzolagan.

Ahmadjonov bugun O‘FFdagi vakolatini Bosh vazir birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston temir yo‘llari AJ boshqaruv raisi Ochilboy Ramatovga topshirib, o‘zi Milliy olimpiya qo‘mitasi raisligida ish boshladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov O‘FFdagi so‘nggi ish kunida qanday qaror qabul qilganini bilasizmi?