16:22 / 28.01.2018
4 274

OFK Prezidenti O‘zbekistonning Osiyo chempionatidagi g‘alabasi bilan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi

OFK Prezidenti O‘zbekistonning Osiyo chempionatidagi g‘alabasi bilan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi
Osiyo Futbol Konefederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, chempionlikka erishgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi.

«Muhtaram Shavkat Miromonovich! Sizga va O‘zbekiston xalqiga Xitoyda o‘tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida Olimpiya terma jamoasining g‘olib bo‘lishi munosabati bilan o‘zimning samimiy tabriklarim va eng yaxshi tilaklarimni izhor etish men uchun katta sharaf.

Markaziy Osiyo mintaqasidan birinchi bo‘lib U-23 Osiyo chempionatida g‘oliblikka erishgan mamlakat sifatida butun jamoa a’zolarining musobaqa chog‘ida matonat va fidoiylik ko‘rsatganliklari maqtovga loyiqdir.

Aminmanki, ushbu futbolchilar kelgusida O‘zbekiston futboli muvaffaqiyati yo‘lida asosiy rolni bajaradilar va mamlakatingiz hamda Osiyoni faxrga to‘ldiradilar.

Aniq aytishim mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining sa’y-harakatlari bilan o‘zbek futbolining kelajagi porloq bo‘ladi.
Sizni ishontirib aytamanki, ajoyib mamlakatingizda futbolni yanada rivojlantirish va targ‘ib qilish uchun doimo yordamga tayyorman.

Eng samimiy tilaklar bilan,
Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK Prezidenti O‘zbekistonning Osiyo chempionatidagi g‘alabasi bilan Shavkat Mirziyoyevni tabrikladi