21:10 / 29.01.2018
4 829

Umid Ahmadjonov: “Sizlarni ham mukofot kutib turibdi, albatta, chempion bo‘lib qaytinglar”

Umid Ahmadjonov: “Sizlarni ham mukofot kutib turibdi, albatta, chempion bo‘lib qaytinglar”
Avval xabar berganimizdek, bugun, 29 yanvar kuni futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1-11 fevral kunlari Xitoy Taypeyida o‘tkaziladigan Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishadi.

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida musobaqada qatnashadigan futzalchilarimizni kuzatish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, mamlakat futzal terma jamoasi, Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan bir qator yosh futbolchilar ishtirok etishdi.

Kuzatish marosimida Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi Umid Ahmadjonov yoshlar terma jamoasi g‘alabasi haqida nutq so‘zladi va shu qatorda futzalchilarga ham omad tiladi.

“Mana, kuni kecha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Xitoyda yakunlangan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritib, o‘zbek xalqiga bir olam quvonch bag‘ishladi. Ular muxlislarning ishonchini qaytarib berdilar.

Ularning yo‘lini siz futzalchilarimizga ham tilab qolamiz. Nima yordam kerak bo‘lsa ochiqchasiga aytinglar.

Barcha sharoitni yaratib berishga tayyormiz. Chempion bo‘lib qaytinglar. Sizlarni ham xuddi yosh futbolchilarimiz singari mukofotlar kutib turibdi.

Yoshlarimizning g‘alabasini xalq bayram qilmoqda. Nima yordam kerak bo‘lsa bunga tayyormiz. Ortingizda 33 millionlik o‘zbek xalqi, mamlakat Prezidenti va biz turganimizni esdan chiqarmanglar”, dedi Umid Ahmadjonov.

Shundan so‘ng futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov so‘zga chiqdi. Umid Ahmadjonov futzalchilar oldiga xuddi yosh futbolchilar kabi chempionlik vazifasini qo‘ydi.

O‘z o‘rnida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov ham so‘z olib, futzalchilarimizga omad tiladi.

Yaratilgan sharoitlar, tantanali kutib olish marosimi va mukofotlar uchun alohida minnatdorlik bildirib o‘tdi.

Tadbir yakunida Ravshan Haydarov Umid Ahmadjonovga ramziy ma’noda Osiyo chempionatining oltin medalini sovg‘a qildi.

Olimpiya terma jamoasining yetakchi futbolchilari Rustamjon Ashurmatov va Javohir Siddiqovlar jamoadoshlari nomidan yaratib berilgan sharoitlar uchun minnatdorchilik ramzi sifatida davlati rahbari Shavkat Mirziyoyevga esdalik sovg‘asini berib qo‘yishni iltimos qilib, Umid Ahmadjonovga topshirishdi.

Eslatib o‘tamiz, futzalchilar Osiyo qit’asi chempionatida Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olganlar.

O‘zbekiston futzal terma jamoasi turnirdagi ilk o‘yinni 1 fevral kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi boshlasa, 3 fevral kuni Tojikistonga qarshi maydonga chiqadi. Guruhdagi so‘nggi o‘yin esa 5 fevral kuni Yaponiyaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov: “Sizlarni ham mukofot kutib turibdi, albatta, chempion bo‘lib qaytinglar”