14:02 / 30.01.2018
6 643

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi narxiga uchta davlat terma jamoasini sotib olish mumkin

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi narxiga uchta davlat terma jamoasini sotib olish mumkin
Futbolchilar transferlari haqida ma’lumot beruvchi «Transfermarkt.de» portali terma jamoalar va futbolchilarning narxlari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. «Xabar.uz» Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari terma jamoalarining narxlarini solishtirib ko‘rdi.

Rossiya — 158 million yevro
Rossiya terma jamoasining eng qimmat futbolchisi asli braziliyalik bo‘lgan Mario Fernandes Figeyra — 16 million.

Ukraina — 77,95 million yevro
Ukraina termasi deyarli 78 million yevro turadi. Jamoaning eng qimmat futbolchisi esa Andrey Yarmolenko — 25 million.

Armaniston — 42,78 million yevro
Armaniston termasining narxi 42 milliondan oshadi. Eng qimmat o‘yinchi Genrix Mxitaryan — 35 million yevro turadi.

Gruziya — 28,33 million yevro
Gruziya termasida eng qimmat futbolchi Valeriy Kazaishvili bo‘lib, uning narxi 2,5 million yevroga teng.

Qozog‘iston — 21,95 million yevro
Qozog‘iston termasidagi eng qimmat futbolchi Baurjan Islamxan hisoblanadi — 2 million yevro.

Belorussiya — 13,70 million yevro
Belorussiyaning eng qimmat futbolchisi Maksim Volodkoning narxi — 1,2 million yevro.

O‘zbekiston — 12,65 million yevro
O‘zbekiston terma jamoasining eng qimmat futbolchisi Odil Ahmedov 5,5 million yevro turadi. Uning narxiga birvarakayiga butun boshli Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston terma jamoalarini sotib olish mumkin.

Moldaviya — 10,23 million yevro
Moldaviya termasining narxi 10 million yevrodan oshadi. Eng qimmat o‘yinchi esa Aleksandru Yepuryanu — 3,75 million yevro.

Ozarbayjon — 9,55 million yevro
Ushbu terma jamoada eng qimmat futbolchi asli braziliyalik Richard Almeyda bo‘lib, uning narxi 1,5 million.

Litva — 8,88 million yevro
Litva — Boltiqbo‘yidagi eng qimmat terma jamoa. Jamoaning eng qimmat futbolchisi esa Fedor Chernix — 1,35 million yevro.

Latviya — 5,88 million yevro
Latviya termasida eng qimmat futbolchilar Davis Ikauniyeks va Kaspars Dubra —700 ming yevrodan.

Estoniya — 4,83 million yevro
Estoniya — Boltiqbo‘yidagi eng arzon terma jamoa. Tarkibdagi eng qimmat futbolchi Rauno Sappinen — 550 ming yevro.

Tojikiston — 1,75 million yevro
Tojikistonning eng qimmat o‘yinchilari Farhod Vosiyev, Davron Ergashev va Parviz Umarboyev bo‘lib, har biri 300 ming yevrodan baholanadi.

Qirg‘iziston — 1,53 million yevro
Qirg‘izistonning eng qimmat o‘yinchisi narxi 500 ming yevro bo‘lib, u Valeriy Kichin.

Turkmaniston — 1,18 million yevro
Butun boshli jamoaning narxi 1 million yevrodan salgina oshadi, eng qimmat o‘yinchi Ruslan Mingazov esa 700 ming yevro turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi narxiga uchta davlat terma jamoasini sotib olish mumkin