Singapur nashri: «O‘zbekistonning golidan keyin butun Xanoy shahri jimjit bo‘lib qoldi»

Singapur nashri: «O‘zbekistonning golidan keyin butun Xanoy shahri jimjit bo‘lib qoldi»
Singapurning eng ommabop nashrlardan biri bo‘lgan, 352 ming nusxada chop etiladigan «The Straits Times» gazetasi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatidagi g‘alabasi haqida maqola e’lon qildi.
Singapur nashri: «O‘zbekistonning golidan keyin butun Xanoy shahri jimjit bo‘lib qoldi»
Maqolada shunday deyiladi: «Vetnam va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi U-23 Osiyo chempionati finalini Vyetnamning 90 millionlik aholisi bir tanu bir jon bo‘lib birgalikda birgalikda tomosha qilishdi. Xanoy shahri ko‘chalari go‘yoki qizil dengizga o‘xshar edi».
Singapur nashri: «O‘zbekistonning golidan keyin butun Xanoy shahri jimjit bo‘lib qoldi»
«Vetnam butun o‘yin davomida kuchli raqibga qarshi munosib harakat qildi. Ayniqsa, ekstra-taymlar yakuniga yetib, penaltilar seriyasi yaqinlashgani sari vyetnamlik muxlislarda umid uchqunlari paydo bo‘layotgandi.
Singapur nashri: «O‘zbekistonning golidan keyin butun Xanoy shahri jimjit bo‘lib qoldi»
Uchrashuvni birgalikda tomosha qilayotgan muxlislar o‘rtasida ajoyib kayfiyat, ajoyib muhit hukmron edi. Ammo O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi daqiqada gol urganidan keyin butun Xanoy shahri jim-jit bo‘lib qoldi. Go‘yoki hamma narsa to‘xtab qolgandek edi... » — deyiladi maqolada.

Manba: www.the-uff.com

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar