5 192
«Nasaf» Qarshida «Al-Faysali»ni tor-mor keltirdi. G‘alaba Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlandi (video)
“Markaziy” stadionida kechgan bahsda hamyurtlarimiz yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdilar.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Slavko Lukich burchak zarbasini ijro etdi, jarima maydonchchasiga uzatib berilgan to‘pni Igor Golban boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi. Shu tariqa, birinchi bo‘lim ushbu hisobda yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida qarshiliklar yana standart vaziyatdan unumli foydalandilar, burchakdan uzatib berilgan to‘pni bu safar Bobir Abduxoliqov darvozaga joylab qo‘ydi.
52-daqiqada Azizjon G‘aniyev jarima maydonidan qaytgan to‘pni uzoq masofadan chiroyli zarba berib jamoasining uchinchi golini urdi. 61-daqiqada Dragan Cheran penaltini aniq bajarib, hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Uchrashuv yakunlanishi arafasida Doniyor Narzullayev jarima maydoni ichiga uzatib bergan to‘pni Muhammad Yosir boshi bilan o‘z darvozasiga urib qo‘ydi. Uchrashuvning so‘nggi soniyalari o‘tib borayotgan bir vaqtda raqiblar javob to‘pini kiritishga erishdilar.
Shunday qilib, "Nasaf" OChL-2018 musobaqasining “C” guruhidan joy oldi va “Persepolis” (Eron), “Al-Sadd” (Qatar), “Al-Vasl” (BAA) klublari bilan raqobatlashadi.
OChL-2018
Pley-off uchrashuvi
“Nasaf” (O‘zbekiston) – “Al Faysali” (Iordaniya) 5:1 (1:0, 4:1)
Gollar: 1:0 - 12 Golban, 2:0 - 49 Abduxoliqov, 3:0 - 52 G‘aniyev, 4:0 - 61 penalti, Cheran, 5:0 - 86 avtogol, Yosir, 5:1 - 90+3 Meha.
“Nasaf”: Sanjar Quvvatov, Azizjon G‘aniyev (G‘olib G‘aybullayev 75), Odil Hamrobekov (Sanjar Rashidov 81), Bobir Abduxoliqov, Sharof Muhitdinov, Islom Kenjaboyev, Igor Golban, Slavko Lukich, Dragan Cheran, Jasur Hasanov (Doniyor Narzullayev 70), Umarbek Eshmurodov.
“Al Faysaliy”: Yazid Abulayla, Yusuf Ravshdeh, Oday Zahran, Xalil Baniatiyah, Salim Alajalin, Anas Bani Yosin, Yosir Alravashdeh, Mendi Dominik, Maxmud Almardi, Alban Meha, Lukash Gikevich.
Ogohlantirishlar: Xalil (19), Lukich (33), Zahran (36).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi