O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va mamlakat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov "Nasaf"ni Osiyo chempionlar ligasida guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.
"O‘yinni Dohadan tomosha qildim. Sizlar yoshlarimiz boshlab bergan bayramni davom etishiga sababchi bo‘ldinglar. Ayniqsa o‘yin gollarga boy bo‘lgani, hisob bunday yirik ko‘rinishni hosil qilishi yurtimiz charm to‘p ixlosmandlarini ikki karra xursand qildi. Ushbu g‘alaba bilan sizlarni tabriklayman.
Umid qilamanki, Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilasizlar. Meni yanada quvontirgani, kechagina Xitoydagi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lib, “Nasaf” tarkibiga kecha kechqurun kelib qo‘shilgan yosh futbolchilarimiz Bobir Abduxoliqov va Azizjon G‘aniyevlar ham o‘z gollari orqali jamoaning g‘alabasiga hissa qo‘shdi. G‘alaba muborak bo‘lsin, yigitlar", - dedi Umid Ahmadjonov.
Manba: www.the-uff.com “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin