10:30 / 03.02.2018
2 957

Shohjahon Ergashev: «Biz sportchilarning maqsadimiz Vatanimiz dovrug‘ini dunyoga tanitishdir»

Shohjahon Ergashev: «Biz sportchilarning maqsadimiz Vatanimiz dovrug‘ini dunyoga tanitishdir»
Professional bokschi Shohjahon Ergashev 12 yanvar kuni Nyu-York shahrida amerikalik Soni Fredriksonga qarshi ringga ko‘tarilib, o‘zining o‘n ikkinchi g‘alabasiga erishgani haqida xabar bergan edik.

U ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng, Jahon boks uyushmasi (WBA) reytingida 12-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Yengil vazn toifasida yuqorilagan Shohjahon bilan O‘zA muxbiri suhbatlashdi.

– Avvalambor reytingda yuqorilaganingiz bilan tabriklaymiz. Shohjahon bu hush xabarni eshitganingizda nimalarni his qildingiz?
– Assalomu alaykum! Rahmat sizlarga ham muborak bo‘lsin. Bu xabardan so‘ng xursand bo‘lib, yanada mashg‘ulotlarga zo‘r bera boshladim. Sababi, maqsadim sari doimo olg‘a qadam tashlayman. Men kutayotgan chempionlik kamariga ega chiqishimga bir-ikki qadam qoldi.

— Shohjahon bilamiz siz tezkor g‘alabalarga intilasiz. Hozirgi so‘zingizga qaraganda chempion bo‘lishga shoshayotgandaysiz?
— Ha, tezkor g‘alabalarni xush ko‘raman. Shoshayotganim yo‘q, faqatgina nimalarga qodir ekanimni dunyoga tezroq bildirib, O‘zbekistonimiz sharafini yanada yuksaltirmoqchiman.

— Dunyoda muxlislaringiz ko‘p. Lekin ular orasida Shohjahon faqatgina kuchsiz raqiblar tanlaydi va g‘alaba qozonadi. Tajribali bokschilar bilan jang qilsa mag‘lubiyatga uchraydi, degan gap-so‘zlar uchrab turmoqda. Bu haqdagi fikringiz qanday?
— Bunday gaplar mening muxlislarimdan chiqmaydi! Balki g‘alabali odimlarimni ko‘ra olmayotgan insonlardan chiqadi. Bu gap-so‘zlarni o‘zim ham eshitganman. Lekin e’tibor bermayman va ularning bu safsatalariga chempion bo‘lib javob qaytaraman. Professional boksda hech qachon oson raqib bo‘lmaydi.

— Shohjahon agarda chempionlik kamari uchun o‘tadigan jangda hamyurtimizga qarshi tushib qolsangiz, unga qarshi ringga ko‘tarilasizmi?
— Men bu kamardan voz kechib, jangga chiqmas edim. Biz sportchilarning maqsadimiz Vatanimiz dovrug‘ini dunyoga tanitishdir. Bir-birimizga raqib emasmiz.

— Rejalaringiz haqida to‘xtalib o‘tsangiz.
— Men yaqin kunlarda Amerikaga boraman va navbatdagi jangimga tayyorlanaman. To‘g‘ri, hozir menga kim raqib bo‘lishini bilmayman. Biroq doimo yangi marralarni zabt etish uchun tinimsiz mehnat qilaman.

– Suhbatingiz uchun rahmat!
– Sizlardan minnatdorman. Har bir yangiligimni birinchi bo‘lib xalqimizga yetkazasizlar. Ishlaringizga rivoj bersin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev: «Biz sportchilarning maqsadimiz Vatanimiz dovrug‘ini dunyoga tanitishdir»