Xitoy Taypeyida davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining chorak finaldagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
«A» guruhida so‘nggi turda Vetnam termasi mezbon Xitoy Taypeyi terma jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi va 6 ochko bilan guruhda 1-o‘rinni egalladi. Bahrayn esa Malayziyani xuddi shunday hisobda yengdi. Natijada bahraynliklar guruhda 4 ochko to‘plashdi. Xitoy Taypeyi ham shuncha ochko jamg‘argandi. Bu ikki jamoa o‘zaro durang o‘ynashgandi, ammo to‘plar nisbatidagi farq evaziga Bahrayn 2-o‘rin bilan chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Natijada, chorak finalda O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. Yaponiya esa Bahrayn bilan kuch sinashadi. Ikkala uchrashuv ham 8 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi