Bugun Osiyo futbol konfederatsiyasining mutaxassislari — Joyern Shlim va Marsel Isakovich yurtimizga tashrif buyurdi.
Joyern Shlim va Marsel Isakovich aslida Germaniya Bundesligasida faoliyat yuritadi. OFK futbol klublarining faoliyatini rivojlantirishda Yevropa tajribasidan foydalanish maqsadida Joyern Shlim va Marsel Isakovich kabi malakali mutaxassislarni Osiyo klublariga jalb qilmoqda.
OFK tomonidan yuborilgan mutaxassislar 12 fevralga qadar mamlakatimizning 4 ta klubi — “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Dinamo” klublarida bo‘lishadi. Ular bu klub vakillarining litsenziyalash borasida amalga oshirayotgan chora-tadbirlari bilan yaqindan tanishib, ularga o‘zlarining amaliy maslahatlarini berishadi.
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, O‘zbekiston MOQ Prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan uchrashuvida OFKning yetuk mutaxassislarini yurtimizga olib kelish va ularning tajribalaridan foydalanish borasida kelishuvga erishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»